O'chgan ma'lumotlarni tiklash

 O'chgan ma'lumotlarni tiklash

O'chgan ma'lumotlarni tiklash

 

Har kimning ham o‘zi uchun qadrli bo‘lgan qimmatbaho ma’lumotlari bor. Misol uchun biz uchun cheksiz tuganmas boylik bo‘lgan ota-onalarimiz, shirin shakar farzandlarimiz rasmlari. Chet eldagi sayohat va ish yuzasidan tushgan rasmlarimiz. Hisobot hujjatlari va shunga o‘xshash ma’lumotlar. Tasodifan kompyuteringiz vinchesteridan, smartfoningiz xotirasidan yoki alohida ma’lumot saqlash qurilmangizdan ma’lumotlar o‘chib ketdi. Nima qilib tiklasa bo‘ladi? Bizga murojaat qiling. Yordam berishga harakat qilamiz. 

Tasodifan kompyuteringizdan, Android, Iphone yoki qo‘shimcha ma’lumot saqlash qurilmangizdan(chip, fleshka) ma’lumotlar o‘chib ketdi!!! 

Agar shu ish yuz bersa birinchi maslahatlarimizni bajaring

  • Qurilmani o‘chiring
  • Ko‘chirish, o‘chirish va o‘zgartirish ishlarini bajarmang
  • Yangi fayl yozmang
  • Rasmga olmang
  • Wi-Fi, Bluetooth, ShareIt kabi vositalar orqali fayllar (mp3, video, photo) yuklamang
  • Internetni o‘chiring(Viber, Telegram, What'sUp va shu kabi dasturlardan foydalanmang, ular avtomatik ravishda fayllarni qurilmaga yuklaydi)

Agar siz shu oddiy ko‘rsatmalarni bajarsangiz o‘chgan ma’lumotlaringizni 75-90% tiklanish imkoniyati oshadi.

Murojaat uchun: +998905967757